Se ha denunciado esta presentación.
Se está descargando tu SlideShare. ×

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx

Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Próximo SlideShare
slideshare for coursera.pptx
slideshare for coursera.pptx
Cargando en…3
×

Eche un vistazo a continuación

1 de 10 Anuncio

Más Contenido Relacionado

Más reciente (20)

Anuncio

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx

  1. 1. Pirnazarov Vohidjon
  2. 2. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishiningumumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi
  3. 3. 3 Add title text Inson dunyoni vaundagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k. G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan.
  4. 4. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishiva rivojlanishiningumumiy qonuniyatlari. keyword Yunonistonda - Afinada (miloddan avvalgi V asr) paydo bo‘lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning shakllanishi bilan bog‘liq. Amudaryo bo‘ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo‘lgan Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
  5. 5. Qadimda Sharq falsafasi ham, G‘arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o‘sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi, masalan: - Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, o‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek”; -Zardo‘sht: “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”; - Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‘lsa, o‘n ming kishiga teng”; - Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi; - Epikur: “O‘lim qo‘rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”;
  6. 6. Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi hayoti murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi. XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya tomonidan Turkistonning istilo qilinishi natijasida o‘lka hayotida ayanchli va keskin o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishga bo‘lgan ehtiyojiga, unga nisbatan jadal mustamlakachilik siyosatini yurgazishiga harbiy-siyosiy maqsadi va iqtisodiy ahvoli sabab bo‘ldi. Rossiyaning o‘sha davrdagi rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorako‘l va boshqa xom ashyolar zarur edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg'or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar.
  7. 7. Jadidchilik ta’limotida ma’rifatparvarlik g‘oyasi o‘zbek xalqining XIX asr oxiri XX boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayoti murakkabliklari va muammolarini hal qilishga qaratilgan keng qamrovli ta’limot edi. Turkiston xalqlarini mustamlaka zulmidan xalos etish, milliy iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini doimiy ravishda saqlab tura oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv o‘zgarishlar tufayli vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan kelajak avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalash masalasiga bog‘liq edi
  8. 8. XX-XXI asr o'zbek falsafasi XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba‘zi mardlargina o‘zl arining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri fikr. CHunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati ―jamiyatni ma‘rifat orqali yangilash‖ g‘oyasini ilgari surganlar. 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas. Falsafaning fidoyilari yangi qaror to‘gan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko‘p sino vlardan o‘tishlari lozim bo‘ldi
  9. 9. Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma’rifatparvarlik milliy demokratik ta’limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti ijtimoiy-siyosiy hayotning ilm–fan, madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks xarakterdagi chora tadbirlardan maqsad, milliy tafakkurdagi progressiv o‘zgarishlar dinamikasini tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi transformatsiyasini ro‘yobga chiqarish edi. XX-XXI asr o'zbek falsafasi
  10. 10. Thank you!!!

×