Se ha denunciado esta presentación.
Se está descargando tu SlideShare. ×

Aslonova Nasiba MuxammadovnaGermaniya.pptx

Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Cargando en…3
×

Eche un vistazo a continuación

1 de 22 Anuncio

Más Contenido Relacionado

Más reciente (20)

Anuncio

Aslonova Nasiba MuxammadovnaGermaniya.pptx

  1. 1. Aslonova Nasiba Muxammadovna
  2. 2.   1. Geografik o’rni.  2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.  3. Tarixi.  4.Aholisi.  5. Xo’jaligi .  6. Transporti.  7. Xalqaro iqtisodiy aloqalari.  8 Qiziqarli faktlar. Reja :
  3. 3. GDR bayrog'i Asosiy ma'lumotlar Rasmiy til nemis (de) Poytaxti|Poyt axti Sharqiy Berlin Hududi 108 178 km? Aholisi 2018-yilgi roʻyxat 83,019,200 (17-oʻrin Aholi zichligi 232/km 2 Pul birligi GDR markasi Davlat madhiyasi Возрождённ ая из руин Milliy bayrami 7-oktabr Tel. prefikslar +37 (ishlama ydi)
  4. 4. Germaniya Federativ Respublikasi Bundesrepublik Deutschland Bayroq Gerb Shior: Einigkeit und Recht und Freiheit (Germancha: „Birlik va Huquq va Ozodlik“) Madhiya: 1:21 Das Lied der Deutschen, 3rd stanza (Einigkeit und Recht und Freiheit)
  5. 5. Germaniya davlati Markaziy Yevropada joylashgan bo‘lib, quruqlik orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh hisoblanadi
  6. 6. 1989-yilning oktabr oyida ikki davlat GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo‘ldi, Natijada, GFR hududi 43% ga, aholisi esa 27% ga ortdi. GFR - parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko‘ra, 16 federatsiyadan tashkil topgan bo‘lib, ular: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, SaksoniyaApgalt, Tyo‘ringiya va Shlezvig-Golshteyn.
  7. 7. GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.
  8. 8. Federal Yerlar Yuzasi(km²) Aholisi(2 ) 1 Baden- Vyurtemberg 35.751,65 10.717.0 00 2 Bavariya 70.549,19 12.444.0 00 3 Berlin 891,75 3.388.00 0 4 Brandenburg 29.477,16 2.568.00 0 5 Bremen 404,23 663.000 6 Hamburg 755,16 1.735.00 0 7 Hessen 21.114,72 6.098.00 0 8 Meklenburg- Old Pomeraniya 23.174,17 1.720.00 0 9 Quyi Saksoniya 47.618,24 8.001.00 0 10 Shimoliy Reyn- Vestfaliya 34.042,52 18.075.0 00 11 Reynland- Pfalz 19.847,39 4.061.00 0 12 Saarland 2.568,65 1.056.00 0 13 Saksoniya 18.414,82 4.296.00 0 14 Saksoniya- Anhalt 20.445,26 2.494.00 0 15 Shlesvig- Holshtein 15.763,18 2.829.00 0 16 Turingiya 16.172,14 2.355.00 0 (1) Berlin va Hamburg shaharlari ham yer, ham shahar hisoblanishadi; Bremen ham xutdi shunday va unga Bremenhaven ham kiradi. (2) Stichtag: 31. Dezember 2004 Federal Yerlar Poytaxti Yuzasi(km²) Aholisi(2) 1 Baden- Vyurtemberg Stuttgart 35.751,65 10.717.000 2 Bavariya Myunhen 70.549,19 12.444.000 3 Berlin (1) 891,75 3.388.000 4 Brandenburg Potsdam 29.477,16 2.568.000 5 Bremen Bremen(1) 404,23 663.000 6 Hamburg (1) 755,16 1.735.000 7 Hessen Visbaden 21.114,72 6.098.000 8 Meklenburg- Old Pomeraniya Schwerin 23.174,17 1.720.000 9 Quyi Saksoniya Hannover 47.618,24 8.001.000 10 Shimoliy Reyn- Vestfaliya Dyusseldorf 34.042,52 18.075.000 11 Reynland- Pfalz Mains 19.847,39 4.061.000 12 Saarland Saarbrücken 2.568,65 1.056.000 13 Saksoniya Drezden 18.414,82 4.296.000 14 Saksoniya- Anhalt Magdeburg 20.445,26 2.494.000 15 Shlesvig- Holshtein Kiel 15.763,18 2.829.000 16 Turingiya Erfurt 16.172,14 2.355.000
  9. 9.  Tabiiy boyliklari. G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasida Germaniya o‘zining toshko‘miri va qo‘ng‘ir ko‘miri bilan alohida ahamiyatga ega. Toshko‘mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen havzalarida joylashgan hamda ko‘mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko‘mir hisoblanadi. Qo‘ng‘ir ko‘mirning ishonchli zaxiralarining katta qismi (80 mlrd. t) Sharqiy Germaniyada joylashgan bo‘lib, aksariyat hollarda ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz konlari asosan mamlakatning shimolida joylashgan. Temir rudalari zaxiralari uchraydi lekin, ularning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari, kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari joylashgan.
  10. 10.  Germaniyaning yirik daryolari - Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). 1993 yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha bo‘lgan trans Yevropa suv yo‘lini tutashtiruvchi Mayn-Dunay kanali ishga tushirildi. O‘rta Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryogacha bo‘lgan davomi ta’muhim ahamiyatga ega.
  11. 11.  Aholisi. Germaniyada 2018 yil ma’lumoti bo‘yicha 82,9 mln kishi istiqomat qiladi.Urbanizatsiya darajasi 74% dan ortiq. Ko‘pgina shaharlar aglomeratsiyalar yadrosi hisoblanadi, biroq aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan shaharlar ko‘p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda (Niderlandiya bilan birga) Reyn megapolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi yashaydi.
  12. 12.  Sanoati. Mamlakatda fantalab tarmoqlarnmg hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa sanoat ishlab chiqarish jihozlarini, avtomobil, organik kimyo mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha Germaniya dunyoda yuqori o‘rinni egallaydi.
  13. 13.  GFR ning barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi («Daimler-Benz», «Wolkswagen», «Siemens», Hoechst”, «Bayer»). Germaniya energetika sohasida o‘z ehtiyojlarining asosiy qismini import hisobiga qondiradi. Neft va gaz muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 30% i ko‘mir xissasiga to‘g‘ri keladi. Neft aksariyat hollarda tankerlar va neft quvurlari orqali Shimoliy dengiz, Rossiya, Afrika davlatlari (Nigeriya, Liviya), Fors ko‘rfazi davlatlaridan olinadi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo‘ylab notekis joylashmagan. Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Shvedt eng yirik markazlari hisoblanadi. GFR da elektr energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari orqali ishlab chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalari va port shaharlarida ko‘mir asosida, neftni qayta ishlash markazlarida–mazutda asosida ishlaydi. Hozirgi vaqtda mahalliy ko‘mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko‘mirning ahamiyati ortib bormoqda.
  14. 14. AES orqali elektr energiyaning 30%i ishlab chiqariladi (ular ko‘mir havzalarining chegarasidan tashqarida qurilgan). GES lar, asosan, mamlakatning janubida xususan tog‘ daryolarida (Lex, Inn, Izar, Mozel, Eder) joylashgan. GFR ning rangli metallurgiyasi, asosan, chetdan keltirilgan va ikkilamchi xomashyo (rangli metall parchalari) asosida ishlaydi. Korxonalar joylashishining bosh omili sifatida energiya resurslari bilan ta’minlanganligi, xomashyoni olib kelishdagi qulaylik hisoblanadi. Alyuminiyni eritish bo‘yicha Germaniya G‘arbiy Yevropa regionida faqat Norvegiya davlatidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Alyuminiy eritish zavodlari Shimoliy Reyn- Vestfaliya va Gamburg hamda Bavariyada joylashgan. Gamburg va boshqa shaharlarida qora misni eritish rivojlangan.
  15. 15. GFR sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan yana biri mashinasozlik va metallga ishlov berish bo‘lib, mamlakat sanoat mahsulotlari va eksportining yarmiga yaqin qismi mashinasozlikka to‘g‘ri keladi. Metallga ishlov berishning eng yirik markazlari Myunxen, Leypsig, Nyumberg, Mangeym, Berlin, Gamburg shaharlari hisoblanadi. Baden-Vyurtemberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlarida mashinasozlik ishlab chiqarishi eng ko‘p rivojlangan.
  16. 16. t/r Ishlab chiqarish yo‘nalishi Sanoat markazlari 1 Avtomobilsoz Volsburg, Shtutgart, Kyoln, Ryusselxaym, Myunxen 2 Dengiz kemasozligi Kil, Gamburg, Bremen, Emden, Rostok 3 Daryo kemasozligi Duysburg 4 Optik mexanika korxonalari Baden-Vyurtemberg va Tyo‘ringiya yerlari 5 Samolyotsozlik Myunxen, Aersburg, Gamburg, Bremen 6 Kimyo sanoati Leverkuzen(«Bayer»konserni) Kyoln,Darmagen,FrankfurtMay n («Hoechst» konserni),Lyudvigsxafen («Basf» korserni)
  17. 17. Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Germaniya dunyoda AQSh, Yaponiya va Xitoydan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turadi. Asosiy avtomobil korporatsiyalari «Wolkswagen», «Mercedes-Benz», «BMW», «Ford-Verke», «Opel» avtomobil ishlab chiqaradi. Transporti. Germaniya jahonda Transport yo‘llarining zichligi bo‘yicha oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo‘yicha sheriklari bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashgani uchun transportning barcha turlari rivojlangan.
  18. 18. Transport tarmog‘ning asosiy qismini temiryo‘llar tashkil etib (44 ming km ga yaqin), uning 90 % i elektrlashtirilgan. transportining yuk aylanmasida asosiy o‘rinni avtomobil transporti (60% atrofida) egallaydi, keyingi o‘rinlarda temiryo‘l (20%), ichki suv (15%) va quvur transportlari egallaydi. Yo‘lovchi tashish bo‘yicha avtomobil transportining hissasi yuqori (90% ga yaqin). Oliy darajadagi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 11 ming km.ni tashkil etadi.
  19. 19. Germaniya konteyner tashuvchi kemalarning hajmi bo‘yicha AQSh, Panama, Tayvandan keyingi 4-o‘rinda turadi. Dengiz portlari yuk aylanmasi bo‘yicha esa Yevropa davlatlarining yirik portlaridan pastroq o‘rinlarni egallaydi. Gamburg, Vilgelmsxafen, Bremen, Emden, Rostok eng yirik dengiz portlari sanaladi. Mamlakatda havo transporti ham muhim ahamiyatga ega. Barcha yirik yarmarka markazlarida aeroportlar joylashgan bolib, ular jami 16 ta xalqaro aeroportlardan iborat. Frankfurt aeroporti Yevropada yo‘lovchi tashish bo‘yicha (Londonning «Xitrou” aeroportidan keyin) uchinchi o‘rinni egallaydi. Yuk tashish bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turadi.
  20. 20. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Germaniya tashqi savdoning umumiy hajmi bo‘yicha AQSh dan keyin 2-о’rinda turadi. GFR sanoati rivojlangan davlatlarga, birinchi navbatda Yevropa kengashidagi sheriklariga qarab ish tutadi. Tashqi savdo aylanmasining 50% va olib chiqilayotgan sarmoyaning asosiy qismi ushbu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Yevropaning aksariyat mamlakatlari uchun Germaniya bosh savdo sherigi hisoblanadi. Jahon bozorida Germaniya yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlovchi davlat sifatida tan olingan. Mamlakat eksportining 90% dan ortig‘ini sanoat mollari tashkil etadi.
  21. 21. Germaniyaning barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi. Ayniqsa, xalqaro ixtisoslashish tarmoqlarning korporatsiyalari jahonning eng yirik korporatsiyalari hisoblanadi. Masalan, kimyo sanoatida - »Bayer», «Hoechst», «Basf» kompaniyalari, elektronikada- »Siemens», avtomobilsozlikda («Daimler-Benz”). Organik kimyo mahsulotlarini chetga chiqarish bo‘yicha mamlakat jahonda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakat hozirda stanoklarni va boshqa ishlab chiqarish jihozlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallash uchun Yaponiya bilan musobaqalashmoqda.

×