Se ha denunciado esta presentación.
Se está descargando tu SlideShare. ×
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Anuncio
Cargando en…3
×

Eche un vistazo a continuación

1 de 27 Anuncio

Más Contenido Relacionado

Anuncio

6-ma'ruza.ppt

  1. 1. Reja:  Kompyuter viruslari  Kompyuter viruslarining tarixi  Viruslarning zararli oqibatlari  Kompyuter viruslarining klassifikatsiyasi  Kompyuter viruslariga misollar  Antivirus dasturlari
  2. 2. Kompyuter viruslari Viruslar ma'lumot yo'qotishning keng tarqalgan yo'llaridan xisoblanadi. Kompьyuter viruslari sistemani zararlaydigan maxsus yozilgan dasturlar xisoblanadi. Ular ma'lumotlarni zararlaydi yoki butunlay yo'q qilib yuboradi. Kompьyuter viruslarining asosiy xossalaridan biri shuki ular o'zining dublikatini yaratadi va ularni xisoblash tizimlari yoki fayllariga tadbiq qiladi. Dublikatlar esa tarqalish xususiyatiga ega bo'ladi.
  3. 3. Viruslarning ko’payish jarayoni  Kompьyuterga kirib borish  Virusni faollashtirish  Zararlash uchun ob'ektlarni qidirish  Virus nusxalarni tayyorlash  Virus nusxalarini qo'llash
  4. 4.  SYS A:  COPY *.* A:  SYS B:  COPY *.* B:  SYS C:  COPY *.* C:  ... Viruslarga misollar:
  5. 5. Viruslarni kim va nima uchun yozadi?  Asosan ko'p viruslar assembler tilini o'rgangan va o'z kuchlarini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabalar va maktab o'quvchilari tomonodan yoziladi.  Ikkinchi guruxga xam yoshlar (asosan – talabalar) kirib, ular xali dasturlash san'atini to'liqligicha o'rganmagan, lekin viruslarni yozish va tarqatish bilan shug'ullanishadi. Lekin ular tomonadan yozilgan viruslar sodda va ularda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yilgan bo'ladi.  Tajribasi oshib borgani sari bunday virus yaratuvchilar butun dunyoga professional viruslarni tarqatadi. Bunday juda puxta o'ylab yozilgan viruslar maxoratli programmistlar tomonodan yoziladi. Ularni yozishda ma'lumotlar tizimiga kirib boruvchi original algoritmlar qo'llaniladi. “Professional” viruslar asosan “stels” texnologiyasi asosida yoziladi va “polimorfik – viruslar” deyiladi va ular nafaqar fayllarni, balki disklarning yuklangan sektorlarini, ayrim xollarda Windows ning bajariluvchi fayllarini zararlaydi.  To'rtinchi guruxga «tadqiqotchilar» kiradi. Bu gurux zararlanish, berkinish, antiviruslarga qarshilik ko'rsatishning yangi metodlarini va x.k. kashf qiluvchi kuchli programmistlardan tashkil topgan. Ular yangi operatsion tizimga kirib borishning turlarini o'ylab topishadi. Bunday dastrchilar viruslarni kompьyuterlarni tadqiq qilish uchun o'ylab topiladi.
  6. 6. Kompyuter viruslarining tarixi Kompyuter viruslar g'oyasi shaxsiy kompyuterlardan oldin paydo bo'lgan. 1951 yilda Jon fon Neymon o'z- o'zini yaratuvchi matematik avtomatlar yaratish usulini taklif qildi. 1959 yilda Scientific American jurnali L.S. Penrouzning o'z-o'zini yaratuvchi mexanik strukturalarga bag'ishlangan maqolasini chop ettirdi. Keyinroq F.J. Shtalь mazkur modelni IBM 650 kompyuterida mashina kodi orqali amaliyotda qo'lladi.
  7. 7.  1959 yil - IBM 650 EHMda so'zning bir qismini “eb qo'ygan” virus aniqlandi.  Kompьyuter virusining birinchi “epidemiya”si 1986 yilda bo'lgan. Unda Brain (ingl. «miya») nomli virus shaxsiy kompьyuterlarning disketalarini zararlantirgan.  1988 yil – AQShda Robert Morris 2000 kompьyuterni zararlagan virusni yozdi.  1995 yil avgust oyining o'rtalarida – AQSh va bir qator g'arbiy Yevropa mamlakatlarida ma'lumotlarni konglomerat ma'lumotlar va dasturlar ko'rinishida taqdim etish imkoniyatini ishlatadigan virus paydo bo'ldi. U MS Word for Windows-sistemasida tayyorlangan *.doc xujjatlarni zararlaydi.  1999 yil 26 aprel. «Chernobil» yoki WIN95.CIN nomli virus boshqa viruslardan modifikatsiyadan qatiy nazar qattik diskning MBRni yo'q qilib yuboradi. Bu virusning epidemiya to'lqini butun dunyoga tarqaladi. Shvetsiya shu virus tufayli ulkan moliyaviy zarar ko'rdi. Rossiya foydalanuvchilarining ko'p qismi zarar ko'rdi.  Hozirgi kunga kelib kompьyuterlarni zararlovchi va kompьyuter tarmoqlari orqali tarqaluvchi 50 ming virus ma'lum.
  8. 8. Viruslarning zararli oqibatlari  Viruslar shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlaydi;  Viruslar bizlarni o'zimiz xoxlamagan reklamalarni ko'rishga majbur qiladi;  Viruslar, to'g'rirog'i, virus yozuvchilar kompьyuterni boshqarishni o'z qo'liga oladi – va uni o'zi xoxlagancha boshqaradi;  Kompyuter viruslarni ta'magirlikda ishlatiladi.
  9. 9. Tipik chalg’ishlar  Antivirus dasturi o'rnatilgan va viruslar menga xavf solmaydi;  Antivirus bazalarini har kuni yangilab turaman va viruslar menga xavf solmaydi;  Antivirus dasturida evristik analizator mavjud va yangi viruslar paydo bo'lsa ham bu analizator ularni albatta topadi;
  10. 10. Kompyuter viruslari klassifikatsiyasi  Viruslarni quyidagi belgilar bo'yicha sinflargi ajratish mumkin:  yashash muxiti;  operatsion sistema;  algoritmik o'ziga hoslik;  destruktiv imkoniyatlar.
  11. 11.  Yashash muhitiga ko'ra viruslarni quyidagilarga ajratish mumkin:  Yuklanuvchi viruslar egiluvchan diskning yoki vinchesterning yuklanuvchi sektorini zararlaydi.  Fayl viruslari ko'payish jarayonida operatsion tizimning fayllar sistemasini ishlatadi. Faylli viruslar turli formatdagi (EXE, COM, BAT, SYS va b.) bajariluvchi fayllarni zararlashi mumkin.  Makro-viruslar dasturlash tilida yozilgan dastur hisoblanadi. Bunday viruslar ko'payish uchun makro tillarning imkoniyatlarini ishlatadi va ular yordamida o'zini bir zararlangan fayl (xujjat yoki jadval) dan ikkinchisiga o'tkazadi. Shunday viruslardan eng ko'p tarqalgani Microsoft Office uchun yozilgan makrog'virus hisoblanib, u Visual Basic for Application tilining imkoniyatlaridan foydalanadi.  Tarmoq viruslari dlya protokollar, maxalliy va global kompьyuter tarmoqlari orqali tarqaladi.
  12. 12.  Zararlangan OPERATSION TIZIM viruslarni klasslarga ajratishdagi ikkinchi bosqich hisoblanadi. Xar bir fayl yoki tarmoq virusi operatsion tizim (OS - DOS, Windows, Win95/NT va x.k.)ning qandaydir bir yoki bir nechta fayllarini zararlaydi. Makro-viruslar Word, Excel, Office97 formatli fayllarni zararlaydi. Yuklanuvchi viruslar shuningdek diksning yuklanuvchi sektorlaridagi ma'lum tizim ma'lumotlarini zararlantiradi.
  13. 13. Algoritmik o'ziga hoslikka ko'ra viruslar quyidagilarga bo'linadi: Rezedent: virus kopьyuterni infitsirovka qilishda operativ xotirada o'zining rezident qismini qoldiradi, bu qism esa operatsion sistemaga murojaat qilingan vaqtda zararlangan ob'ektlarga ham murojaat qiladi. Rezident viruslar xotirada turadi va kopьyuter o'chirilguncha yoki operatsion tizim qayta yuklanguncha faol turadi. Norezident viruslar kopьyuter xotirasini zararlamaydi va chegaralangan vaqt davomida faol bo'ladi. Stels –viruslar: STELS –algoritmlarni qo'llash orqali viruslarni to'liq yoki bir qismini sistemada yashirish mumkin. Eng ko'p tarqalgan stels-algoritm OT ning o'qish/yozishga so'rovini ushlab oladi. Bunda viruslar ularni vaqtincha davolaydi yoki o'z o'rniga ma'lumotning zararlanmagan qismlarini qo'yadi. Polimorf viruslar : O'z-o'zini shifrlash va polimorflik viruslarni aniqlash jarayoning iloji boricha qiyinlashtirish maqsadidi barcha viruslarda qo'llaniladi. Polimorfik-viruslar (polymorphic) - bu yetarlicha qiyin aniqlanadigan viruslar hisoblanadi.
  14. 14.  Oddiy viruslar – fayllarning tarkibini o'zgartimaydi, oson aniqlanadi va yo'q qilinadi.  Chervlar – kompyuter tarmoqlari orqali tarqaladi, tarmoq kompьyuterlarining manzilini hisoblaydi va bu manzillarga o'zini nusxalarini yuboradi.  Ko'rinmas viruslar – (stels-viruslar) – aniqlash va zararsizlantirish qiyish, o'z tanasi o'rniga diskning zararlanmagan qismlarini qo'yadi.  Mutant viruslar – shifrlash/deshifrlash algoritmiga ega, aniqlash juda qiyin.  Troyanlar – foydali dasturlar ostidan niqoblanib yuklanuvchi sektor, fayl sistemami, ikkinchi parolni buzadi.   Makroviruslar – Xujjatlarning fayllarini masalan, matnli xujjatlarni zararlaydi. Zararlangan dokument matn muhaririga yuklanganidan so'ng makrovirus kompьyuterning tezkor xotirasida doimiy mavjud bo'ladi va boshqa xujjatlarni ham zararlashi mumkin.
  15. 15. Destruktiv imkoniyatlarga ko'ra viruslarni quyidagilarga ajratish mumkin: zararsiz, ya'ni kopyuterning ishlashiga xech qanday ta'sir ko'rsatmaydi (tarqalish jarayonida diskda bo'sh xotirani kamaytirishdan tashqari); xatarsiz, diskdagi bo'sh xotirani, grafik, ovozli va boshqa effektlarni kamaytiradi; xatarli viruslar, kompьyuter ishlash jarayonida jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin; o'ta xatarli viruslar, bunday viruslarning algoritmi ishlash jarayonida dasturlar yo'qolishiga, ma'lumotlarning yo'qotilishiga kompьyutering ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning o'chirilib yuborilishiga sabab bo'lishi mumkin.
  16. 16. Kompyuterning virus bilan zararlanish alomatlari:  Xech qanday sababsiz tezlik bilan fayllarning soni ko'payishi;  Tezkor xotira xajmining kamayishi  Dastur ishlash tezligining kamayishi;  Vinchesterga murojat vaqtining ko'payishi;  OSning tez-tez “osilib” qolishi;  Dastur fayllari hajmining ko'payishi;  Dasturlar va fayllarni yo'q bo'lib ketishi va boshqalar.
  17. 17. Компьютер вирусларидан сақланиш усуллари  Фаерволлар;  Антивирус дастурлар.  Фаерволлар тармоқдаги маълумотлар оқими (трафик) ни таҳлил қилади. Ташқи тармоқдан зарар етказувчи дастурни кириб келишини блокировка қилади.  Трафикнинг бир қанча кўринишини белгилаш мумкун:  Packets – пакетлар;  Connections – уланиш ёки сессиялар;  State – алоқа сеансининг холати.
  18. 18. Eng mashhur fayrvollar  Windows (XP va Vista) brandmazuerga mo'ljallangan  Kaspersky Internet Security  Norton Internet Security  Agnitum Outpost FireWall  McAfee Personal Firewall (ConSeal Private Desktop)  Look'n'Stop  Sygate Personal Firewall (Sybergen's Secure Desktop)  Network Ice Black ICE Defender  Zone Alarm  va boshqalar.
  19. 19. Antivirus dasturlari  Viruslardan himoyalanishda va zararlangan kompьyuterlarni davolashda antivirus dasturlardan foydalaniladi. Ular ishlash printspiga ko'ra blokirovka qiladigan, revizor va poligraflarga ajratish mumkin.
  20. 20.  Blokirovka qiladigan antiviruslar — bu rezident dasturlar hisoblanib, ular xatarli xolatlarni aniqlaydi va bu xaqda foydalanuvchini ogohlantiradi.
  21. 21.  Antivirus kasperskiy  NOD32  Dr. Web  Avast!  AVZ Eng mashhur antivirus dasturlar
  22. 22.  Polifaglarning ishlash printsipi fayllarni, sektorlarni va tizim xotirasini tekshirish va ulardagi ma'lum va yangi (polifagga noma'lum) viruslarni qidirishga asoslangan. Ma'lum viruslarni qidirish uchun virus maskalari qo'llaniladi (har bir aniq virusga xos bo'lgan dastur kodlarining doimiy ketma-ketligi).Ko'pgina polifaglar evristik skanerlash algoritmlaridan ham foydalanadilar, ya'ni. skanerdan o'tkazilayotgan ob'ektdagi buyruqlar ketma-ketligini tahlil qilish, ba'zi statistik ma'lumotlarni to'plash va skanerdan o'tkazilayotgan har bir ob'ekt bo'yicha qaror qabul qilish (ehtimol zararlangan yoki yuqmagan).Polifag monitorlari doimiy ravishda kompyuterning operativ xotirasida bo'ladi va real vaqtda barcha fayllarni tekshiradi. Polifag skanerlari foydalanuvchi buyrug'i bilan tizimni tekshiradi.
  23. 23. Qanday antivirus dasturlarini tanlash kerak Shaxsiy kompьyuterlarda ishlatish uchun mo'ljallangan zamonaviy antivirus maxsulotlari deyarli bir xil imkoniyatlarni taqdim etadi. Bir-biriga o'xshash mahsulotlar ichidan birortasini tanlab olish yetarlicha qiyin. Har bir antivirusning yaxshi va yomon tomonlari bor. Qo'shimcha kriteriya sifatida – narxi, rus tilidagi interfeys, texnik qo'llab – quvvatlash, kompьyuterdagi amaliy dasturlar bilan birgalikdagi ishlash davomiyligi va x.k.
  24. 24. Kompyuterni viruslardan saqlashning usullari: 1. Antivirus dasturlar; 2. Virus skaneri; 3. Internetga fayrvollar orqali ulanish 4. Elektron pochta bilan ishlashda ehtiyotkorlikni unutmaslik, noma'lum manzillardan kelgan xatlarni ochmaslik; 5. Parollarni ishlatish; 6. Amaliy dasturlarni yangilab turish; 7. MS Word, Excel, va Powerpoint makroslaridan himoyalanish; 8. Noma'lum .exe fayllarni ishga tushirmaslik;

×