SlideShare una empresa de Scribd logo
1 de 8
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI
RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI
UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
fanidan
AMALIYOT
TOPShIRIQ №1
Bajardi:Dasturiy injinering ta’lim yo‘nalishi
311-20 guruh
Temirov Elyorbek G’ofurjon o’g’li
Qabul qildi: Saidova Gulchehra
Toshkent 2023
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan
№1 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
1 - jadval
Mavzu: Metrologiyaning asosiy tushunchalari
Ishdan maqsad: Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish.
Adabiyotlar: 1. Isaev R.I., Karimova U.N., Raxmonova G.S. «Metrologiya
standartlashtirish va sertifikatlashtirish» darslik. T:. «Aloqachi», 2017,
697b.
2. Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, 2008.
№ Talabalarining
F.I.Sh.
Variant
nomeri
Nazariy savollar
nomeri
18 Temirov Elyorbek
№ 18.
18, 80
I. Nazariy savollar:
18. Etalonlar, ularning tabaqalanishi va turlari.
80. Respublikamizning metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy
idorasi haqida nimalarni bilasiz?
1-savolga javob
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasidagi aniqlik bilan ishlangan namunaviy
o’lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga
bo’linadi. Davlat etalonlari namunaviy o’lchov va asboblarni tekshirishda qo’llaniladi
va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
Etalon deb, kattalikning o’lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa o’lchash
vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o’lchovlarga aytiladi. Kattalikning birligi
etalondan razryad etalonlariga uzatiladi, ulardan esa pog’onasimon tarzda ishchi
o’lchash vositalariga uzatiladi.
Etalonlarning tabaqalanish pog’onasi quyidagicha joylashgan:
– birlamchi etalonlar;
– ikkilamchi etalonlar;
– ishchi etalonlar.
Zamonaviy ilm – fan yutuqlarini qo’llagan holda, mazkur o’lchashlar sohasidagi
mavjud bo’lgan imkoniyat doirasida va eng yuqori aniqlikda kattalikning birligini
hosil qiluvchi etalonga birlamchi etalon nomi berilgan. Birlamchi etalon milliy
(davlat) yoki xalqaro bo’lishi mumkin.
Etalonlarning tabaqalanishi va turlari.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan
birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo’yicha xalqaro
asos sifatida qabul qilingan etalon.
Xalqaro etalonlarni «Og’irlik va o’lchovlar bo’yicha xalqaro byuro» saqlaydi
(OO’XB) va u bilan bog’liq barcha masalalarni hal etadi. OO’XB faoliyatidagi eng
muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biri, turli davlatlarning yirik va katta ko’lamga
ega bo’lgan metrologiya laboratoriyalaridagi milliy etalonlarini xalqaro etalonlar
bilan muntazam va xalqaro miqyosda taqqoslash hisoblanadi. Shuningdek
o’lchashlarning ishonchliligini, aniqligini va birligini ta‟minlash maqsadida o’zaro
taqqoslovlar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy
aloqalarning eng asosiy talablaridan sanaladi. SI tizimidagi asosiy kattaliklarning
etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy kattaliklarning etalonlari ham taqqoslanib
turadi. Taqqoslash amallari belgilangan muddatda, davriy ravishda bajariladi.
Masalan, metr va kilogramm etalonlari har 25 yilda, elektr va yorug’lik
kattaliklarining etalonlari esa har 3 yilda taqqoslab turiladi. Birlamchi etalonga
ikkilamchi va boshqa razryaddagi barcha etalonlar buysunadi.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari
bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o’lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida
xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan birlamchi yoki
maxsus etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon bo’lib, milliy metrologiya organi tomonidan
tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy markaz – O’zstandart Agentligi
hisoblanadi.
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini
ta‟minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo’lib xizmat qiladigan
etalondir. Maxsus etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida
yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlikka mos bo’lishi kerak.
Birlamchi etalon orqali qiymati aniqlanadigan etalonga ikkilamchi etalon nomi
berilgan.
Guvoh etalon – davlat etalonining butliligini va o’zgarmaganligini tekshirish
uchun va buzilgan toki yuqolgan hollarda uni almashtirish uchun mo’ljallangan
ikkilamchi etalon.
Hozir asosiy birliklarning etalonlaridan faqat kilogrammning guvoh etaloni bor.
Nusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o’lchamlarni uzatishga mo’ljallangan
ikkilamchi etalon hisoblanadi.
Nusxa etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt yeyilishdan
saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko’p bo’lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon
zarur bo’lganda, davlat etaloni o’rnida ishlatilishi mumkin.
Taqqoslash etaloni ham ikkilamchi etalon bo’lib, undan biror sababdan ko’ra bir
– biri bilan bevosita solishtirib bo’lmaydigan etalonlarni taqqoslash uchun
foydalaniladi.
Yuqori aniqlikka ega bo’lgan namunaviy o’lchash vositalariga va ayrim hollarda
juda katta aniqlikka ega bo’lgan namunaviy o’lchash vositalariga birlikning
o’lchamini uzatish uchun ishchi etalon qo’llaniladi.
Etalon sifatida tasdiqlangan o’lchash vositalarning to’plamiga kiruvchi o’lchash
uskunalariga esa etalon uskunasi nomi berilgan.
2-savolga javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish,
standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-
son qarori ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar
yaratish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek,
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi), Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy
etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ushbu tartibga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning
muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi berilgan tadbirkorlik
subyektlari kalendar yil yakunida ishlab chiqarilgan deklaratsiyalangan
mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir
martalik to‘lovni amalga oshiradi;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar
sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari bo‘lgan mahalliy korxonalar
nomzod mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq
belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovdan ozod etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish,
standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-
son qaroriga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga
solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik
talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda
Departament deb ataladi) tashkil etilganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori bilan tashkil
etilgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda
Maxsus jamg‘arma deb ataladi) qo‘shimcha xarajatlari moddalari nazarda
tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Departament tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 2018-yil 12-
dekabrga qadar imzolangan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va
sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda — “O‘zMMI” va
“Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat ko‘rsatish sohalari kesimida
tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va
sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari,
majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha xuquqiy vorisi hisoblanadi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
11. “O‘zstandart” agentligi:
a) 2019-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
mahalliy mahsulotlar sifatini yaxshilash va oshirish, ularni ishlab chiqaruvchilar va
aholi o‘rtasida ommalashtirish ishlarini faollashtirishga qaratilgan
“O‘zbekistonning eng yaxshi tovari” tanlovini ta’sis etish yuzasidan takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan
birgalikda:
xalqaro moliya institutlari tomonidan texnik jihatdan tartibga solish,
standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini isloh qilishda
grantlar, qarzlar va boshqa moliya manbalarini aniq ko‘rsatgan holda texnik
ko‘maklashish;
dasturiy mahsulot ishlab chiqish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikalarni xarid
qilish;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni o‘yg‘unlashtirish, shuningdek,
har yili Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan eksportbop
mahsulotlar uchun xalqaro, mintaqaviy, xorijiy mamlakatlarning milliy
standartlarini xarid qilish;
yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini, o‘lchash qurilmalarini sotib olishni,
mavjud sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilishni va yangilarini tashkil
etishni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini “Global G.A.P” va
Organic standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish;
mobil laboratoriyalar uchun avtotransport vositalarini sotib olish
dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini o‘lchash vositalarini
kalibrlash bo‘yicha faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan taklif tayyorlagan holda,
qiyoslanishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini tasdiqlasin;
g) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Departamentga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan
Departamentni ta’minlasin;
tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining xodimlarini ish bilan
ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zstandart”
agentligining buyurtmanomalariga ko‘ra, “O‘zstandart” agentligiga yuklangan
vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini
undirmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini,
rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan
o‘tkazilishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
“O‘zstandart” agentligi buyurtmanomalariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston
Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi
tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim
qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. “O‘zstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul
qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga
muvofiqlashtirsinlar.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini
rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori D.N.
Sattarov zimmasiga yuklansin.
___________________________________________________________________________________
II. Amaliy topshiriq
Misol. Karrali va ulushli birliklarni hosil qiluvchi old qo‘shimchalar.
3 - jadval
T [Tera] = 1012
G [Giga] = 109
M [Mega] = 106
K [Kilo] = 106
G [Gekto] = 102
K > 0 - karrali
d [detse] = 10-1
s [santi] = 10-2
m [milli] = 10-3
mk [mikro] = 10-6
n [nano] = 10-9
K < 0 - ulushli
Keltirilgan fizik kattaliklarning qiymatlarini karrali va ulushli birliklar ko‘rinishida
ifodalash
4 - jadval
№ Talabalarining F.I.Sh. Variant
nomeri
Savollar
1.
Temirov Elyorbek
№ 18.
Kuchlanishni voltlarda keltiring a)
U=6,3 mV; b) U=47 mkV.
Javoblar:
a) U=6.3 mV= 6.3 * 10-3
V= 0.0063 V
b) U=47mkV= 47 * 10-6
V= 0.000047 V
Bajarilgan ishlar bo‘yicha xulosa.
Men topshiriqni bajarish mobaynida etalonlar o’zi nima ularning qanday turlari
mavjud va ular qanday tabaqalanadi degan savollarga javob oldim.Shu bilan bir
qatorda Respublikamizning metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
bo‘yicha milliy idorasi haqida ma’lumotlar to’pladim uning qayerda joylashgani
ularning ish vazifalari va qonunchilikda ko’rsatilgan normativlarni guvohi bo’ldim.
Etalon bu o’lchovlar to’plami ekanligini tushunib oldim. Uning local hamda
xalqaro miqyosda qanday ishlatilinishilni tushunib oldim. Bu topshiriqni bajarish
davomida Etalonlar jadvali tuzdim va xalqaro va yoki milliy etalonlar farqini anglab
yetdim. Undan tashqari metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha
milliy idorasi to’g’risidagi president va vazirlar mahkamasi chiqargan qonun va
qarorlarni ko’rib chiqdim.
___________________________________________________________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati
1. 0‘z DSt 1.0-98. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy
qoidalar. 7.
2. 0 ‘z DSt 8.010.2:2003. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash
vositalari va ularning parametrlari.
3. 0‘z DSt 8.010.3:2004. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 3-qism. Metrologik
xizmat
4. www.bilim.uz
5. www.5baho.uz
6. www.fayllar.org

Más contenido relacionado

La actualidad más candente

Water Analysis Methods
Water Analysis MethodsWater Analysis Methods
Water Analysis MethodsParag Patil
 
Semi Micro Qualitative Organic chemistry lab manual
Semi Micro Qualitative Organic chemistry lab manualSemi Micro Qualitative Organic chemistry lab manual
Semi Micro Qualitative Organic chemistry lab manualDr. Krishna Swamy. G
 
Conductivity Meter
Conductivity MeterConductivity Meter
Conductivity MeterAtif Nauman
 
Flash point and fire point
Flash point and fire pointFlash point and fire point
Flash point and fire pointAditi Swami
 
Draft Tube and Cavitation | Fluid Mechanics
Draft Tube and Cavitation | Fluid MechanicsDraft Tube and Cavitation | Fluid Mechanics
Draft Tube and Cavitation | Fluid MechanicsSatish Taji
 
orifice meter and its application_ppt
orifice meter and its application_pptorifice meter and its application_ppt
orifice meter and its application_pptKrishna Peshivadiya
 
Petroleum Refining
Petroleum Refining Petroleum Refining
Petroleum Refining Ajay Sharma
 
Calculation Of Pump Head
Calculation Of Pump HeadCalculation Of Pump Head
Calculation Of Pump HeadHashim Khan
 
Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...
Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...
Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...Sumama Shakir
 
Ultimate Analysis of Coal
Ultimate Analysis of CoalUltimate Analysis of Coal
Ultimate Analysis of CoalVignesh Sekar
 
Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013
Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013
Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013Jan A. de Jager
 
Pumps Presentation.pdf
Pumps Presentation.pdfPumps Presentation.pdf
Pumps Presentation.pdfKAhmedRehman
 

La actualidad más candente (20)

Water Analysis Methods
Water Analysis MethodsWater Analysis Methods
Water Analysis Methods
 
Semi Micro Qualitative Organic chemistry lab manual
Semi Micro Qualitative Organic chemistry lab manualSemi Micro Qualitative Organic chemistry lab manual
Semi Micro Qualitative Organic chemistry lab manual
 
Conductivity Meter
Conductivity MeterConductivity Meter
Conductivity Meter
 
Water Analysis: Total Solids
Water Analysis: Total SolidsWater Analysis: Total Solids
Water Analysis: Total Solids
 
Flash point and fire point
Flash point and fire pointFlash point and fire point
Flash point and fire point
 
Draft Tube and Cavitation | Fluid Mechanics
Draft Tube and Cavitation | Fluid MechanicsDraft Tube and Cavitation | Fluid Mechanics
Draft Tube and Cavitation | Fluid Mechanics
 
Anthracene
AnthraceneAnthracene
Anthracene
 
orifice meter and its application_ppt
orifice meter and its application_pptorifice meter and its application_ppt
orifice meter and its application_ppt
 
Reciprocating Pump
Reciprocating PumpReciprocating Pump
Reciprocating Pump
 
Petroleum Refining
Petroleum Refining Petroleum Refining
Petroleum Refining
 
Calculation Of Pump Head
Calculation Of Pump HeadCalculation Of Pump Head
Calculation Of Pump Head
 
Knock-Out drums
Knock-Out drumsKnock-Out drums
Knock-Out drums
 
Rotameters
RotametersRotameters
Rotameters
 
Water Analysis
Water AnalysisWater Analysis
Water Analysis
 
Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...
Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...
Nitric acid Preparation & Uses Raw materials, Flow sheet diagram unit operat...
 
pump.ppt
pump.pptpump.ppt
pump.ppt
 
Ultimate Analysis of Coal
Ultimate Analysis of CoalUltimate Analysis of Coal
Ultimate Analysis of Coal
 
Polarography
PolarographyPolarography
Polarography
 
Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013
Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013
Technip Large Scale Vortex™ Burner Flyer V06-09-2013
 
Pumps Presentation.pdf
Pumps Presentation.pdfPumps Presentation.pdf
Pumps Presentation.pdf
 

1-TOPSHIRIRQ_MET.docx

  • 1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan AMALIYOT TOPShIRIQ №1 Bajardi:Dasturiy injinering ta’lim yo‘nalishi 311-20 guruh Temirov Elyorbek G’ofurjon o’g’li Qabul qildi: Saidova Gulchehra Toshkent 2023
  • 2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan №1 T O P SH I R I Q (AMALIYOT) 1 - jadval Mavzu: Metrologiyaning asosiy tushunchalari Ishdan maqsad: Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish. Adabiyotlar: 1. Isaev R.I., Karimova U.N., Raxmonova G.S. «Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish» darslik. T:. «Aloqachi», 2017, 697b. 2. Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, 2008. № Talabalarining F.I.Sh. Variant nomeri Nazariy savollar nomeri 18 Temirov Elyorbek № 18. 18, 80 I. Nazariy savollar: 18. Etalonlar, ularning tabaqalanishi va turlari. 80. Respublikamizning metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi haqida nimalarni bilasiz? 1-savolga javob Fan va texnikaning eng yuqori saviyasidagi aniqlik bilan ishlangan namunaviy o’lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo’linadi. Davlat etalonlari namunaviy o’lchov va asboblarni tekshirishda qo’llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. Etalon deb, kattalikning o’lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa o’lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o’lchovlarga aytiladi. Kattalikning birligi etalondan razryad etalonlariga uzatiladi, ulardan esa pog’onasimon tarzda ishchi o’lchash vositalariga uzatiladi. Etalonlarning tabaqalanish pog’onasi quyidagicha joylashgan: – birlamchi etalonlar; – ikkilamchi etalonlar; – ishchi etalonlar. Zamonaviy ilm – fan yutuqlarini qo’llagan holda, mazkur o’lchashlar sohasidagi mavjud bo’lgan imkoniyat doirasida va eng yuqori aniqlikda kattalikning birligini hosil qiluvchi etalonga birlamchi etalon nomi berilgan. Birlamchi etalon milliy (davlat) yoki xalqaro bo’lishi mumkin.
  • 3. Etalonlarning tabaqalanishi va turlari. Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo’yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon. Xalqaro etalonlarni «Og’irlik va o’lchovlar bo’yicha xalqaro byuro» saqlaydi (OO’XB) va u bilan bog’liq barcha masalalarni hal etadi. OO’XB faoliyatidagi eng muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biri, turli davlatlarning yirik va katta ko’lamga ega bo’lgan metrologiya laboratoriyalaridagi milliy etalonlarini xalqaro etalonlar bilan muntazam va xalqaro miqyosda taqqoslash hisoblanadi. Shuningdek o’lchashlarning ishonchliligini, aniqligini va birligini ta‟minlash maqsadida o’zaro taqqoslovlar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng asosiy talablaridan sanaladi. SI tizimidagi asosiy kattaliklarning etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy kattaliklarning etalonlari ham taqqoslanib turadi. Taqqoslash amallari belgilangan muddatda, davriy ravishda bajariladi. Masalan, metr va kilogramm etalonlari har 25 yilda, elektr va yorug’lik kattaliklarining etalonlari esa har 3 yilda taqqoslab turiladi. Birlamchi etalonga ikkilamchi va boshqa razryaddagi barcha etalonlar buysunadi.
  • 4. Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o’lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan birlamchi yoki maxsus etalon. Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon bo’lib, milliy metrologiya organi tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy markaz – O’zstandart Agentligi hisoblanadi. Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta‟minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo’lib xizmat qiladigan etalondir. Maxsus etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlikka mos bo’lishi kerak. Birlamchi etalon orqali qiymati aniqlanadigan etalonga ikkilamchi etalon nomi berilgan. Guvoh etalon – davlat etalonining butliligini va o’zgarmaganligini tekshirish uchun va buzilgan toki yuqolgan hollarda uni almashtirish uchun mo’ljallangan ikkilamchi etalon. Hozir asosiy birliklarning etalonlaridan faqat kilogrammning guvoh etaloni bor. Nusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o’lchamlarni uzatishga mo’ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi. Nusxa etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt yeyilishdan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko’p bo’lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon zarur bo’lganda, davlat etaloni o’rnida ishlatilishi mumkin. Taqqoslash etaloni ham ikkilamchi etalon bo’lib, undan biror sababdan ko’ra bir – biri bilan bevosita solishtirib bo’lmaydigan etalonlarni taqqoslash uchun foydalaniladi. Yuqori aniqlikka ega bo’lgan namunaviy o’lchash vositalariga va ayrim hollarda juda katta aniqlikka ega bo’lgan namunaviy o’lchash vositalariga birlikning o’lchamini uzatish uchun ishchi etalon qo’llaniladi. Etalon sifatida tasdiqlangan o’lchash vositalarning to’plamiga kiruvchi o’lchash uskunalariga esa etalon uskunasi nomi berilgan. 2-savolga javob O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059- son qarori ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi), Iqtisodiyot va
  • 5. sanoat vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Ushbu tartibga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi berilgan tadbirkorlik subyektlari kalendar yil yakunida ishlab chiqarilgan deklaratsiyalangan mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovni amalga oshiradi; Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari bo‘lgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovdan ozod etiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059- son qaroriga muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etilganligi; Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori bilan tashkil etilgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb ataladi) qo‘shimcha xarajatlari moddalari nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Departament tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 2018-yil 12- dekabrga qadar imzolangan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda — “O‘zMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat ko‘rsatish sohalari kesimida tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha xuquqiy vorisi hisoblanadi; (8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son) 11. “O‘zstandart” agentligi:
  • 6. a) 2019-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalliy mahsulotlar sifatini yaxshilash va oshirish, ularni ishlab chiqaruvchilar va aholi o‘rtasida ommalashtirish ishlarini faollashtirishga qaratilgan “O‘zbekistonning eng yaxshi tovari” tanlovini ta’sis etish yuzasidan takliflar kiritsin; b) 2019-yil 1-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda: xalqaro moliya institutlari tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini isloh qilishda grantlar, qarzlar va boshqa moliya manbalarini aniq ko‘rsatgan holda texnik ko‘maklashish; dasturiy mahsulot ishlab chiqish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikalarni xarid qilish; standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni o‘yg‘unlashtirish, shuningdek, har yili Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan eksportbop mahsulotlar uchun xalqaro, mintaqaviy, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini xarid qilish; yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini, o‘lchash qurilmalarini sotib olishni, mavjud sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilishni va yangilarini tashkil etishni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini “Global G.A.P” va Organic standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish; mobil laboratoriyalar uchun avtotransport vositalarini sotib olish dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; v) uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan taklif tayyorlagan holda, qiyoslanishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini tasdiqlasin; g) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda: Departamentga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan Departamentni ta’minlasin; tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining xodimlarini ish bilan ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zstandart” agentligining buyurtmanomalariga ko‘ra, “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini undirmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
  • 7. 13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zstandart” agentligi buyurtmanomalariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. “O‘zstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin. ___________________________________________________________________________________ II. Amaliy topshiriq Misol. Karrali va ulushli birliklarni hosil qiluvchi old qo‘shimchalar. 3 - jadval T [Tera] = 1012 G [Giga] = 109 M [Mega] = 106 K [Kilo] = 106 G [Gekto] = 102 K > 0 - karrali d [detse] = 10-1 s [santi] = 10-2 m [milli] = 10-3 mk [mikro] = 10-6 n [nano] = 10-9 K < 0 - ulushli Keltirilgan fizik kattaliklarning qiymatlarini karrali va ulushli birliklar ko‘rinishida ifodalash 4 - jadval № Talabalarining F.I.Sh. Variant nomeri Savollar 1. Temirov Elyorbek № 18. Kuchlanishni voltlarda keltiring a) U=6,3 mV; b) U=47 mkV. Javoblar: a) U=6.3 mV= 6.3 * 10-3 V= 0.0063 V b) U=47mkV= 47 * 10-6 V= 0.000047 V
  • 8. Bajarilgan ishlar bo‘yicha xulosa. Men topshiriqni bajarish mobaynida etalonlar o’zi nima ularning qanday turlari mavjud va ular qanday tabaqalanadi degan savollarga javob oldim.Shu bilan bir qatorda Respublikamizning metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi haqida ma’lumotlar to’pladim uning qayerda joylashgani ularning ish vazifalari va qonunchilikda ko’rsatilgan normativlarni guvohi bo’ldim. Etalon bu o’lchovlar to’plami ekanligini tushunib oldim. Uning local hamda xalqaro miqyosda qanday ishlatilinishilni tushunib oldim. Bu topshiriqni bajarish davomida Etalonlar jadvali tuzdim va xalqaro va yoki milliy etalonlar farqini anglab yetdim. Undan tashqari metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi to’g’risidagi president va vazirlar mahkamasi chiqargan qonun va qarorlarni ko’rib chiqdim. ___________________________________________________________________________________ Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati 1. 0‘z DSt 1.0-98. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar. 7. 2. 0 ‘z DSt 8.010.2:2003. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari. 3. 0‘z DSt 8.010.3:2004. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 3-qism. Metrologik xizmat 4. www.bilim.uz 5. www.5baho.uz 6. www.fayllar.org