SlideShare una empresa de Scribd logo
1 de 16
O'zbekiston Respublikasi
… Untversiteti
… fakulteti
… talim shakilining … talabasi
Name…
Axborot texnologiyalarini kasbiy
faoliyatda qo’llash fanidan
Mustaqil ishi
Fan o'qituvchisi: ...
Mavzu: “Kompyuter grafikasining dasturiy ta’minoti.”
Reja:
1. Kompyuterning grafikasi, ularning
imkoniyatlari va turlari
2. Kompyuter grafikasining qo’llanish
sohalari.
3. Kompyuter grafikasi turlari
Kompyuter grafikasi - grafik displey (monitor) ekranida
tasviriy informatsiyani vizuallash („ko'rinadigan“ qilish).
Tasvirni qog'ozda, fotoplvonkada, kinolenta va
boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda
Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan
tasvirni darhol o'chirib tashlash, unga tuzatish kiritish,
istalgan yo'nalishda toraytirish yoki cho'zish,
yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn o'zlashtirish,
burish, harakatlantirish, rangini o'zgartirish va boshqa
amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va
chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va
modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda,
televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni,
multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar
hosil qilish va boshqa ko'p sohalarda qo'llaniladi.
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan
dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va
yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto
dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi.
Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda
qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi)
imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy
dasturlar paketlari mav-judki, ular yordamida ko’rilayotgan
masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning
yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.
Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan
qutilamiz va bunga intilish kerak. Kompyuter grafikasi
nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha
loyihachilari, reklama bilan shug’ullana-digan mutaxassislar,
Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va
boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa
poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–
barang, suratli adabiyotlar, o’quv– qo’llanmalari, badiiy
asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan
foydalanishni taqazo qilmoqda.
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish
lozimki, ekran- ning ham turlari bor. Monitor-Displey
chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida
ishlaydilar.
 Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega.
 Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega.
Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin
1. MGA Monochrom graphic adapter-oq qora rangli monitorlar.
2. CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.
3. MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.
4. EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik
adapterli monitorlar.
5. VGA Video graphic adapter
6. SVGA Super Video graphic adapter.
Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid
hisoblanadi.
2.Kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari.
• Kompyuter grafikasi bir necha turlarga bo’linadi:
tijorat (ish bo’yicha)
• tasvirli, namoyish qiluvchi
• Animatsiyalovchi
• muhandislik va ilmiy.
Bu sinflarning har biriga tegishli grafik vositalari
asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
• Tijorat kompyuter grafikasi.
Axborot marketingi kompyuter grafikasi vositalari qo’llanishining
eng keng va turli-tuman sohasidir. ShK yordamida qurilgan
interaktiv grafiklar, diagrammalar, rasmlardan ko’pincha moliyaviy
iqtisodiy taxlilni o’tkazish uchun hamda rejalashtirish va marketing
qarorlarini qabul qilishda qulay vosita sifati-da foydalaniladi.
Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari tufayli byudjet,
tovarlarning mavjudligi, pul mablag’larining harakati, foydaning
miqdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar,
buyurtmalar «portfeli»ning holati haqidagi ma’lumotlarga ega har
xil interaktiv grafiklar va diagrammalarni tayyorlash mumkin.
• Illyustrativ kompyuter grafikasi.
Tovarni har tomonlama mos, chiroyli ko’rsata olishlik
bozor jamiyati uchun juda xos. Bunda hamma narsa
tovarning sifatiga bog’liq. Masalan, o’zi, o’z tovari
yoki kompaniyasi haqidagi axborotni qanday
berishning belgilangan madaniyati vujudga kelgan.
Xususan, axborot sohasi tovarlarini reklama qilish
uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Hozirda kompyuter grafikasining bu sinfi vositalari
keskin rivojlanmoktsa. Kompyuterlashtirilgan
reklama reklamaning zamonaviy shakllaridan biri
bo’lib, u zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi
usullari va vositalari yordamida yaratish va
tarkatishning tubdan yangi shaklidir.
3.Kompyuter grafikasi turlari.
Kompyuter grafikasi dasturlari 3 turga bo’linadi:
1.Rastrli grafika
2.Vektorli grafika
3.Fraktal grafika
Bu dasturlar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish
usullari bilan farq qiladi.
1. Rastr grafikasi
asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo’llaniladi. Rastr
grafika-sining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan.
Agar tasvir ekranda ko’rilsa, bu nuqta «piksel» deb aytiladi.
Kompyuterda qo’llanila-digan operasion tizimlarning
imkonitiyaga ko’ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan
ko’proq pikselga ega bo’lgan tasvirlar joylashuvi mumkin.
Tasvirning o’lchamiga ko’ra uning imkoniyati ham oshib
boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo’lib, bir
dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgi-lanadi. Rastr grafikasi
uchun kamdan-kam hollar-da grafik dasturlar yordamida
qo’lda bajaril-gan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki
fotosuratni rastr grafikasida ko’proq qo’llash kuzatiladi.
2. Vektorli grafika
uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo’lib
hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi,
chunki xotira-da chiziqning pa rametrlari ko’rsatiladi yoki formula
orqali beriladi. Unda sodda obyektlar mu-rakkab obyektlarga
birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini obyektga yo’naltirilgan
grafika deb ham aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi
chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga
nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarish-dan oldin har
bir parametrni hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini
hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda
turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
3. Fraktal grafika
Bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir.
Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini, yoki
paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal
obyekt chizish yoki bezash asosida emas, balki dasturlashtirish
asosida hosil bo’ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli
o’yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal
grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir
tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quri-ladi. Fraktal
grafikadagi tenglamaning biror koeffisiyentini o’zgarti-rish
orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
Kompyuter grafikasining qo’llanilish sohasi juda keng va
xilma-xildir. U nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli
soha loyihachi-lari, reklama bilan shug’ullanadigan
mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni
uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning,
ayniqsa, matbaa sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang-
barang, suratli adabiyotlar , o’quv qo’llanmalari va badiiy
asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan
foydalana olish imkonini bermoqda. Hozir, o’ziga jalb
qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni
kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin.

Más contenido relacionado

La actualidad más candente

IELTS reading: True, False, Not Given Questions
IELTS reading: True, False, Not Given QuestionsIELTS reading: True, False, Not Given Questions
IELTS reading: True, False, Not Given QuestionstheLecturette
 
Types of reading.ppt
Types of reading.pptTypes of reading.ppt
Types of reading.pptDaniyal Munir
 
DAILY LIFE OF BRITISH PEOPLE
DAILY LIFE OF BRITISH PEOPLEDAILY LIFE OF BRITISH PEOPLE
DAILY LIFE OF BRITISH PEOPLEtrantrung125
 
tafakkurning mantiqiy shakllari.pptx
tafakkurning mantiqiy shakllari.pptxtafakkurning mantiqiy shakllari.pptx
tafakkurning mantiqiy shakllari.pptxShoxruhXushboqov
 
FRENCH: LES NOMBRES DE ZÉRO À UN MILLION
FRENCH: LES NOMBRES DE  ZÉRO À UN MILLIONFRENCH: LES NOMBRES DE  ZÉRO À UN MILLION
FRENCH: LES NOMBRES DE ZÉRO À UN MILLIONM, Michelle Jeannite
 
Ametikirjade vormistamine
Ametikirjade vormistamineAmetikirjade vormistamine
Ametikirjade vormistamineMiljan Kalmus
 
Kuidas kirja kirjutada?
Kuidas kirja kirjutada?Kuidas kirja kirjutada?
Kuidas kirja kirjutada?JelenaSmirnova
 
Reading Comprehension Strategies
Reading Comprehension StrategiesReading Comprehension Strategies
Reading Comprehension Strategiesscbireley53
 
Samarkand (The Shimmering City)
Samarkand (The Shimmering City)Samarkand (The Shimmering City)
Samarkand (The Shimmering City)Ehtisham Habib
 
O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptx
O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptxO’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptx
O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptxBukhara State University
 
French IGCSE Oral Area B : Self & Family
French IGCSE Oral Area B : Self & FamilyFrench IGCSE Oral Area B : Self & Family
French IGCSE Oral Area B : Self & FamilyDavid Ash
 
Prometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometu
Prometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometuPrometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometu
Prometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometuprometna
 
French IGCSE topic A4 : health and fitness
French IGCSE topic A4 : health and fitnessFrench IGCSE topic A4 : health and fitness
French IGCSE topic A4 : health and fitnessMarlène Fert
 

La actualidad más candente (20)

IELTS reading: True, False, Not Given Questions
IELTS reading: True, False, Not Given QuestionsIELTS reading: True, False, Not Given Questions
IELTS reading: True, False, Not Given Questions
 
Qodirjon_Pedagogika
Qodirjon_PedagogikaQodirjon_Pedagogika
Qodirjon_Pedagogika
 
Types of reading.ppt
Types of reading.pptTypes of reading.ppt
Types of reading.ppt
 
DAILY LIFE OF BRITISH PEOPLE
DAILY LIFE OF BRITISH PEOPLEDAILY LIFE OF BRITISH PEOPLE
DAILY LIFE OF BRITISH PEOPLE
 
tafakkurning mantiqiy shakllari.pptx
tafakkurning mantiqiy shakllari.pptxtafakkurning mantiqiy shakllari.pptx
tafakkurning mantiqiy shakllari.pptx
 
FRENCH: LES NOMBRES DE ZÉRO À UN MILLION
FRENCH: LES NOMBRES DE  ZÉRO À UN MILLIONFRENCH: LES NOMBRES DE  ZÉRO À UN MILLION
FRENCH: LES NOMBRES DE ZÉRO À UN MILLION
 
Ametikirjade vormistamine
Ametikirjade vormistamineAmetikirjade vormistamine
Ametikirjade vormistamine
 
Old vs new school
Old vs new schoolOld vs new school
Old vs new school
 
Materiel Scolaire
Materiel ScolaireMateriel Scolaire
Materiel Scolaire
 
Kuidas kirja kirjutada?
Kuidas kirja kirjutada?Kuidas kirja kirjutada?
Kuidas kirja kirjutada?
 
Reading Comprehension Strategies
Reading Comprehension StrategiesReading Comprehension Strategies
Reading Comprehension Strategies
 
Samarkand (The Shimmering City)
Samarkand (The Shimmering City)Samarkand (The Shimmering City)
Samarkand (The Shimmering City)
 
Politics of Uzbekistan
Politics of UzbekistanPolitics of Uzbekistan
Politics of Uzbekistan
 
Reading Strategies
Reading StrategiesReading Strategies
Reading Strategies
 
O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptx
O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptxO’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptx
O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish.pptx
 
French IGCSE Oral Area B : Self & Family
French IGCSE Oral Area B : Self & FamilyFrench IGCSE Oral Area B : Self & Family
French IGCSE Oral Area B : Self & Family
 
intellekt_va_kreativlik.pptx
intellekt_va_kreativlik.pptxintellekt_va_kreativlik.pptx
intellekt_va_kreativlik.pptx
 
001 les animaux
001   les animaux001   les animaux
001 les animaux
 
Prometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometu
Prometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometuPrometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometu
Prometna Učilica: Alkohol i sudjelovanje u prometu
 
French IGCSE topic A4 : health and fitness
French IGCSE topic A4 : health and fitnessFrench IGCSE topic A4 : health and fitness
French IGCSE topic A4 : health and fitness
 

Computer Graphics.pptx

  • 1. O'zbekiston Respublikasi … Untversiteti … fakulteti … talim shakilining … talabasi Name… Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llash fanidan Mustaqil ishi Fan o'qituvchisi: ...
  • 2. Mavzu: “Kompyuter grafikasining dasturiy ta’minoti.” Reja: 1. Kompyuterning grafikasi, ularning imkoniyatlari va turlari 2. Kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari. 3. Kompyuter grafikasi turlari
  • 3. Kompyuter grafikasi - grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („ko'rinadigan“ qilish). Tasvirni qog'ozda, fotoplvonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o'chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo'nalishda toraytirish yoki cho'zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn o'zlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o'zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko'p sohalarda qo'llaniladi.
  • 4. Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mav-judki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.
  • 5. Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz va bunga intilish kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullana-digan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang– barang, suratli adabiyotlar, o’quv– qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda.
  • 6. Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekran- ning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar.  Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega.  Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega.
  • 7. Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin 1. MGA Monochrom graphic adapter-oq qora rangli monitorlar. 2. CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar. 3. MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar. 4. EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli monitorlar. 5. VGA Video graphic adapter 6. SVGA Super Video graphic adapter. Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.
  • 8. 2.Kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari. • Kompyuter grafikasi bir necha turlarga bo’linadi: tijorat (ish bo’yicha) • tasvirli, namoyish qiluvchi • Animatsiyalovchi • muhandislik va ilmiy. Bu sinflarning har biriga tegishli grafik vositalari asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
  • 9. • Tijorat kompyuter grafikasi. Axborot marketingi kompyuter grafikasi vositalari qo’llanishining eng keng va turli-tuman sohasidir. ShK yordamida qurilgan interaktiv grafiklar, diagrammalar, rasmlardan ko’pincha moliyaviy iqtisodiy taxlilni o’tkazish uchun hamda rejalashtirish va marketing qarorlarini qabul qilishda qulay vosita sifati-da foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi, pul mablag’larining harakati, foydaning miqdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar, buyurtmalar «portfeli»ning holati haqidagi ma’lumotlarga ega har xil interaktiv grafiklar va diagrammalarni tayyorlash mumkin.
  • 10. • Illyustrativ kompyuter grafikasi. Tovarni har tomonlama mos, chiroyli ko’rsata olishlik bozor jamiyati uchun juda xos. Bunda hamma narsa tovarning sifatiga bog’liq. Masalan, o’zi, o’z tovari yoki kompaniyasi haqidagi axborotni qanday berishning belgilangan madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot sohasi tovarlarini reklama qilish uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
  • 11. Hozirda kompyuter grafikasining bu sinfi vositalari keskin rivojlanmoktsa. Kompyuterlashtirilgan reklama reklamaning zamonaviy shakllaridan biri bo’lib, u zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi usullari va vositalari yordamida yaratish va tarkatishning tubdan yangi shaklidir.
  • 12. 3.Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasi dasturlari 3 turga bo’linadi: 1.Rastrli grafika 2.Vektorli grafika 3.Fraktal grafika Bu dasturlar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.
  • 13. 1. Rastr grafikasi asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo’llaniladi. Rastr grafika-sining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko’rilsa, bu nuqta «piksel» deb aytiladi. Kompyuterda qo’llanila-digan operasion tizimlarning imkonitiyaga ko’ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko’proq pikselga ega bo’lgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o’lchamiga ko’ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo’lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgi-lanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan-kam hollar-da grafik dasturlar yordamida qo’lda bajaril-gan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida ko’proq qo’llash kuzatiladi.
  • 14. 2. Vektorli grafika uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo’lib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotira-da chiziqning pa rametrlari ko’rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Unda sodda obyektlar mu-rakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini obyektga yo’naltirilgan grafika deb ham aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarish-dan oldin har bir parametrni hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
  • 15. 3. Fraktal grafika Bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal obyekt chizish yoki bezash asosida emas, balki dasturlashtirish asosida hosil bo’ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o’yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quri-ladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffisiyentini o’zgarti-rish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
  • 16. Kompyuter grafikasining qo’llanilish sohasi juda keng va xilma-xildir. U nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachi-lari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang- barang, suratli adabiyotlar , o’quv qo’llanmalari va badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalana olish imkonini bermoqda. Hozir, o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin.